21-asrning eng kuchli murabbiylari top-5
| Баҳо: |
+0; -0
|
Futbolda murabbiylarning o‘rni juda ham katta. Aytish mumkinki, aynan mutaxassislar o‘yinlarning jozibasini belgilab berishadi. Asrimizning eng kuchli murabbiylari reytingini tuzishga qaror qildik. Bu bizning shaxsiy qarashlarimiz bo‘lib, sizda bu borada boshqacha fikrlar bo‘lishi mumkin.
5-o‘rin. Otto Rekxagel
«Bu reytingni kim ochib berayapti?», — deb hayron qolmang. Bu murabbiy allaqachon o‘zini dunyo tarixiga oltin harflar bilan yozib ketdi. Ha, bilganingizdek, hammasi Yevro-2004 g‘oliblari Gresiya terma jamoasi murabiyyi haqida ketyapti. Ha, Otto Rekxagel janoblari deyarli bundan boshqa yirikroq yutuqqa erisha olmagan, lekin, uning nomini hamma futbol ishqibozlari yoddan chiqarmaydi. Portugaliya yashil maydonlarida uning falsafasiga tayangan jamoa ko‘rsatgan qahramonlik futbol zarvaraqlariga butun umrga bitilajak.
4-o‘rin. Karlo Anchelotti 
Italiyalik murabbiyning yulduzli onlari baribir «Milan»ning Yevropani dahshatga solgan paytlariga to‘g‘ri kelsa ajabmas. Chunki o‘sha paytlari Yevropada «Milan»ning oldiga hech kim tusha olmas edi. Karlo Anchelotti keyinchalik Yevropananing bir necha top-klublarida faoliyat olib bordi. U Madridning «Real» jamoasini uzoq kutilgan chempionlikka ham boshlab bora oldi. Bir so‘z bilan aytganda, Karlo ota yangi asrning eng ko‘zga ko‘ringan murabbiylaridan desak, adashmagan bo‘lamiz.
3-o‘rin. Joze Mourinyo

Ha, «benazir»ni bu reytingimizga qo‘shmasak bo‘lmas edi. Uning o‘zi alohida mavzu desak ham bo‘ladi. Mour «Portu» bilan Yevropani ikki marta zabt etgach, o‘z yurishini Angliyaga ko‘chirdi. U yerda yarim asr kutilgan chempionlikni ortiqcha transferlarsiz ham uddaladi. Keyin Italiyaga yo‘l olib «Inter»ga «trebl» yutib berdi. So‘ng, o‘z faoliyatini Ispaniyada davom ettirdi. U yerda ham «Barsa»dek gegemonga qarshi qiyin kechgan mavsumlarda rekord ochkolari bilan Ispaniya chempionligini qayt etdi. Keyin nima bo‘lgani esa hammaga ayon. Biz nega uning natijalarini eslab o‘tganimizni izohlab o‘tsak. Mour jamoasi hech qachon chiroyli o‘yin ko‘rsatmagan. U shunchaki natija uchun o‘ynagan. Eng qizig‘i, futboldagi «avtobus» atamasi ham uning jamoalariga nisbatan ishlatiladi. Lekin, shuni tan olib aytish kerakki, Mourinyo yangi asrning futboliga o‘z ta’sirini o‘tkaza olgan shaxs hisoblanadi.
2-o‘rin. Xosep Gvardiola 
Ha, kutilganidek, futbolda inqilob qilgan shaxs reytingimizning ikkinchi o‘rinida. Biz uning yutuqlariga to‘xtalmadik. Biz uning futboldagi yangi erani boshlagani haqida qisqacha to‘xtalamiz. Tan olib aytish kerakki, Ispaniya terma jamoasi uning epoxasida uzoq kutilgan g‘oliblikka erishdi. So‘ng esa Germaniya uning («Bavariya»da ishlayotgan paytida) o‘yin falsafasidan foydalanib, g‘oliblikka erishdi. Gvardiola so‘zsiz yangi asrning eng yaxshi murabbiylaridan biri. U futbol olamiga o‘zidan nimadir qo‘sha oldi. Oradan yillar o‘tsa ham Gvardiola yaratgan o‘yin falsafasi futbolning durdona asari bo‘lib qolaveradi.
1-o‘rin. Ser Aleks Fergyuson
Ha, bundan boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas edi. Dunyoning eng kibor murabbiylari ham «Boss» deb ataydigan tirik afsona hozirda futbol olamida yo‘q. Uning o‘rnini hammadan ham «qizil iblis»larninig millionlab muxlislari yurakdan sezishayotgan bo‘lsa ajab emas. Dunyoga Bekxem, Ronaldu, Kantona singari fantastik yulduzlarni yetkazib bergan janob, shubhasiz, sayyoramizning eng kuchli murabbiyi hisoblanadi. U «Manchester Yunayted»ni boshqargan paytlarda mankunianliklar erishishi mumkin bo‘lgan jamiki sovrinlarni yutgan. Eng muhimi esa jamoaning dunyo futbolidagi o‘rnini topib berdi va eng mashhur klubga aylantirishga muvaffaq bo‘ldi. Hammamiz Fergi amaki davridagi «Manchester Yunayted»ning tajovuzkor va tartibli o‘yinlarini sog‘inyapmiz. Futbol olamida yana shunday murabbiylar chiqarmikan? Balki chiqar, balki chiqmas. Lekin Fergyussondek boshini mag‘rur ko‘tarib keksalik davriga yetib kelgan murabbiy abadiy hammamizning yuraklarimizda qoladi…
Фикр билдиринг
ФИКР БИЛДИРИШ УЧУН РЕГИСТРАЦИЯДАН УТИШ КЕРАК!
МУАЛЛИФНИНГ БОШҚА МАҚОЛАЛАРИ
- АПЛ тарихидаги энг яхши трансферлар (топ-10)
- «Реал Мадрид» буюклигининг 10та сабаби
- Янги «Юнайтед»да Гризманнва Аллегри?!
- Бугунги куннинг энг кучли марказий ҳужумчилари (топ-10)
- «Барселона» ўзи тарбиялаб, қадрламаган ўйинчилар рамзий жамоаси
- Пепнинг нишонга тегмаган ўқлари
- Марадона аччиқ ҳақиқатни ошкор қилди
- Алекс Фергюсонниг омадсиз трансферлари (Рамзий жамоа)
- Пуйол: «Мессини ёмон кўраман»
- Энди нима қилмоқчисан, Погба?
- Пластик операцияга мурожаат қилган топ-7 футболчи
- Бум! «Реал» операцияси: Аввал Холанд, кейин Мбаппе
- Дунёнинг энг яхши иккинчи рақамли ҳужумчилари (топ-10)
- Нима учун Фергюсон «МЮ» футболкаларини ахлатга ташлаб юборган эди?
- Италия А сериясининг энг кучли 10-рақам эгаси ким?
- Ёзда бизни кутаётган «бартер»лар (топ-5
- Дунёнинг энг яхши мураббийлари топ-10
- Барселона жуда қийин ахволга тушиб қолди
- «Челси» жамоасининг барча замондаги футболчиларидан тузилган жамоа
- «Манчестер Сити» нега АПЛни «Ливерпуль»га бой бермоқда?
- Милан дербиси олдидан: Ўрганилмаган футболчи
- Барселона жуда қийин ахволга тушиб қолди
- Ғалабага чанқоқ ва жангга шай йигитлар
- «Иккинчи Кариус» бўлма, Кепажон!
- Кетиш учун қайтди
- “Челси”нинг иродали ғалабаси ёхуд Лемпарднинг мураббийлик “фишкаси”
- «Бунёдкор» футболчиларини «тоға» деб чақирувчи Жасур Жалолиддинов билан катта интервью
- Яҳёхўжа Ўлуғўжаев блоги: Купер бизга керакми?
- 21-asrning eng kuchli murabbiylari top-5
- Менинг жаннати додам бор эди…
- Ҳақиқий спортчиларни эслаб… Дунё бошқа бунақа спортчиларни кўрмади ва кўрмаса ҳам керак
БЛОГГЕРЛАР
-
Ҳасанали ота
Ўзингни англа -
Фурқат Қурбонов
Саёз фикрлар... -
Холис таҳлилчи блоги
Futbol olami -
Жалолиддин Қобилжонов
Интервьюлар олами ва таҳлилий мақолалар -
Яҳёхўжа Улуғхўжаев
Tanganing ikkinchi tomoni -
Сафарали Сиддиқов
Футбол — спорт қироли! -
«InterFutbol» газетаси
InterFutbol газетаси блоги -
Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги
UzA.uz — спорт хабарлари блоги -
Маъмуржон Ибрагимов
Футбол шарҳи -
FCB.UZ — бу «Барселона»
FCB.UZ блоги -
Mazmun.uz — барчаси футбол учун
Mazmun.uz блоги -
Лутфулло Турсунов
Ла Лига бўйича эксперт -
Шуҳрат Шокиржонов
Келажак футболи -
www.maydon.uz
Maydon.uz блоги -
The Referee
Ҳакамлик ва ўйин қоидалари -
Қаҳрамон Асланов
25-кадр -
Maslahatim.uz
Спортга оид мақолалар ва маслаҳатлар -
Олимхўжа Бўронов
Мундиал яқин! -
Stadion.uz мухлислари
Мухлис минбари -
Шермуҳаммад Абдуғофуров
Forza Inter! «Интер Милан» клуби ҳақида таҳлилий-субъектив блог -
Абдумажид Қодиров
Ўзбекистон футболи жаҳонда! -
Мурод Ризаев
Ўзганинг ҳақи буюрмас, ноҳалол ғалаба татимас -
Беҳзод ҚОБУЛОВ
FC – "НАВБАҲОР" -
Карикатура ва ҳажвия
Карикатура ва ҳажвия -
"Манчестер Юнайтед" мухлислари
"Қизил Манчестер" -
FC Barcelona
MES QUE UN CLUB -
Хушнудбек Худойбердиев
Викториналар, танловлар -
Шерзод Ражабов
I love this Game -
Cардорбек Юсупов
Эркин зарба! -
Наврўзбек Шодмонқулов
Футбол: қизиқарли фактлар, рақамлар... -
Рустам Сулаймонов
Бир чимдим кулгу -
Бобур Акмалов
Керагидан ортиғи керакмас! -
"Реал" Мадрид блоги
Hala Madrid! -
Жасур Раҳимов
А серия сарҳадлари -
Хўжа Насриддин
Хўжа Насриддин бурчаги -
Қаҳрамон Асланов
«Офсайд» -
«АНДИЖОН» (Андижон)
ФУТБОЛ КЛУБИ БЛОГИ -
Абдумутал Абдуназар
«Катта»лар ичидаги «кичик» -
«MANCHESTER UNITED»
One love, One United! -
"STADION" газетаси
Сайт ва газета блоги












