Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/11 01:00 Barselona 3-0 Aston Villa
04/11 01:00 Feyenoord 0-3 Inter
04/11 01:00 Bude-Glimt 0-0 Lill
04/11 01:00 LASK 4-0 Slovan
04/11 01:00 Man. Yunayted 3-2 Roma
04/11 01:00 Vilyarreal 0-6 PSJ
04/11 01:00 Atletiko 0-2 Bavariya
04/11 15:00 Poxang Stilers 3-3 Gamba Osaka
04/11 15:15 Buriram Yunayted 0-0 Kashima Antlers
04/11 18:45 Arkadag‘ 1-0 Gol Gohar
04/11 21:00 Al-Vahda 1-2 Xolidiya
04/11 22:00 Kuvayt SK 2-3 Nasaf
04/11 22:45 AYEK 2-3 Real Madrid
04/11 22:45 Fenerbaxche 3-2 Liverpul
05/11 01:00 RB Leypsig 2-3 Manchester Siti
05/11 01:00 Slaviya 1-2 Arsenal
05/11 01:00 PSV 1-2 Bryugge
05/11 01:00 Borussiya D 2-1 Betis
05/11 01:00 Portu 4-1 Napoli
05/11 01:00 Lans 1-9 Komo
05/11 01:00 Viking 4-1 Sabah
05/11 18:30 Bunyodkor - Xorazm
06/11 18:30 So‘g‘diyona - Dinamo

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

No‘’mon Hasanov: «Tarkibga o‘zim ko‘rishni xohlagan futbolchilarni to‘pladim»

Baho:
+0; -0

Oliy liganing barcha jamoalari qatori «Qo‘qon-1912» ham yangi mavsum tadorigiga zo‘r bergan. No‘’mon Hasanov shogirdlari o‘z yig‘inlarini Toshkentda tashkil etib, bir nechta o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishga ham ulgurishdi. Bugun jamoa Qo‘qonga qaytib, an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan «Hokim kubogi» musobaqasida qatnashadi. Bu turnir orqali yangi mavsumga tayyorgarlik maromiga yetkaziladi. Biz Toshkentdagi yig‘in yakunida «Qo‘qon-1912» jamoasi bosh murabbiyidan intervyu oldik.

- No‘’mon aka, Toshkentdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inidan ko‘nglingiz to‘ldimi?

- Aksariyat jamoalar qatori biz ham hisob bo‘yicha ikkinchi yig‘inimizni poytaxtda tashkil etdik. Boisi, bu yerda ko‘p jamoalar yig‘ilishgan. O‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish bo‘yicha imkoniyatlar yuqori. Yig‘in davomida yigitlar bilan birga ko‘plab taktikalar ustida ish olib bordik. Toshkentdagi yig‘inni tashkil etib bergan klub rahbariyati va homiylarimizga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Hammasi reja asosida va yuqori saviyada tashkil etildi. Garchi ikkinchi yig‘inimiz bo‘lsada, baribir, imkon qadar ko‘proq jismoniy tayyorgarlikka e’tibor qaratyapmiz. Endi yigitlarga ikki kunlik dam beriladi va 25 yanvardan Qo‘qonda uchinchi yig‘inimizga kirishamiz. Bilasiz, Farg‘onada an’anaviy tarzda bir necha yildan beri mavsum boshlanishi arafasida «Hokim kubogi» musobaqasi o‘tkaziladi. Bu turnir barcha jamoalar qatori biz uchun ham juda foydali hisoblanadi.

- Serbiyalik ikki futbolchining jamoada qolish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Ular o‘tgan yili bizga yordam berib, o‘zlaridan yaxshi taassurot qoldirishgandi. Shu sababli ham ketishlari chog‘ida serbiyalik futbolchilardan qaytishlarini so‘ragandim. Chaqirilgan paytdan biroz kechroq bo‘lsada, safimizga kelib qo‘shilishdi. Lekin shu muddat mobaynida ular dam olishmadi. Serbiyada individual tarzda mashg‘ulotlar o‘tkazishdi. Uzoq parvozdan kelishgani uchun Toshkentdagi yig‘inimiz chog‘ida ularga kuchli yuklamalar bermadik. Shuningdek, o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham maydonga tushishmadi. Ikkalalari ham «Hokim kubogi» o‘yinlarida jamoamizga yordam berishadi. Ular mudofaa chizig‘i vakillari. Yangi mavsumda bu futbolchilardan umidim katta. Shu kunlarda yana bir legionerning safimizga kelib qo‘shilishi kutilyapti. U hujumda to‘p suradi. Agar o‘zidan ijobiy taassurot qoldirsa, shartnoma imzolaymiz.

- Ayni payt sizni qaysi chiziq ko‘proq bezovta qilyapti? Qaysi pozisiyaga futbolchi olish kerak?

Davomi iff.uz saytida.

Kiritilgan sana: 06.02.2017 14:43. O'kildi: 9127 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик