Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/11 01:00 RB Leypsig 2-3 Manchester Siti
05/11 01:00 Slaviya 1-2 Arsenal
05/11 01:00 PSV 1-2 Bryugge
05/11 01:00 Borussiya D 2-1 Betis
05/11 01:00 Portu 4-1 Napoli
05/11 01:00 Lans 1-9 Komo
05/11 01:00 Viking 4-1 Sabah
05/11 18:30 Bunyodkor 1-2 Xorazm
06/11 18:30 So‘g‘diyona - Dinamo
07/11 00:45 Venesiya - Udineze
07/11 01:00 Sevilya - Alaves
07/11 01:00 Everton - Koventri Siti
07/11 16:00 Andijon - Lokomotiv
07/11 16:15 Mash’al - Surxon
07/11 17:30 Lids - Tottenxem
07/11 18:00 Malaga - Rasing
07/11 18:30 Qizilqum - Navbahor
07/11 19:00 Kalyari - Frozinone
07/11 19:00 Torino - Lechche
07/11 20:00 Arsenal - Xall Siti
07/11 20:00 Fulxem - Nyukasl
07/11 20:15 Espanyol - Deportivo
07/11 22:00 Parma - Bolonya
07/11 22:30 Osasuna - Atletik Bilbao
07/11 22:30 Nottingem Forest - Manchester Siti

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Sergey Smorodin: Raqobatlashishga tayyorman

Baho:
+0; -0

Xabaringiz bor, yaqinda o‘zbek futboli tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 23 yoshli Sergey Smorodin Odessaning «Chernomores» klubi bilan shartnoma imzoladi. O‘tgan hafta ukrainalik jurnalistlar ushbu futbolchini suhbatga tortib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

— Aksentsiz gapiryapsiz. Shuningdek, ism-sharifingiz ham o‘zbekcha emas. Oilangiz qay tarzda O‘zbekistonga borib qolgan?

— Ikkinchi jahon urushi boshlanganda buvimning onasini Toshkentga evakuasiya qilishgan. Ota-onam aynan o‘sha yerda tanishib, turmush qurishgan. 1994 yili men tug‘ilganman. Oradan sakkiz yil o‘tib, singlim tug‘ildi.

O‘zbekistonda til borasida umuman qiynalmaganman. Mamlakatning ko‘p aholisi ruschada bemalol gaplashaveradi. Shuningdek, o‘zbek tilini ham bilaman. Balki aniq gapira olmasman, ammo barchasini yaxshi tushunaman.

— Futboldagi ilk qadamingiz haqida gapirib bersangiz?

— Otam mashg‘ulotlarga olib borganida sakkiz yoshda edim. U ishlaydigan tashkilotning ikkinchi ligada o‘z klubi bor edi. Shuningdek, bu jamoaning bolalar maktabi ham bo‘lgan. Dastlabki mashg‘ulotlarimni aynan o‘sha yerda o‘tkazganman.

— Darvozabonlar uchun odatiy savol. Nima uchun aynan shu pozisiyani tanlagansiz?

- (kuladi) Otam bilan turli o‘yinlarga borganmiz. Darvozabonlarning harakatlarini ko‘rib, shuni istaganman. Balki ularning qo‘lqoplari boshqalarda yo‘qligi ta’sir o‘tkazgandir. Qolaversa, kiperlar bo‘ylarining balandligi bilan ajralib turishgan.

Men bilan shug‘ullanadigan bolalar orasida eng bo‘ydori o‘zim edim. Shunga bo‘lsa kerak, murabbiy menga darvozani qo‘riqlashni topshirgan. Menga ham bu pozisiya yoqqan. Dadam himoyada o‘ynagani uchun darvozabonning yuki og‘ir bo‘lishini ko‘p aytgan va o‘zimni hujumda sinab ko‘rishimni ta’kidlagan. Ammo fikrimdan qaytmaganman.

— Aytgancha, ota-onangiz futbolchi bo‘lishingizga qanday munosabat bildirishgan?

— Yaxshi. Otam nafaqat futbol, balki boks bilan ham shug‘ullangan. Shunga bo‘lsa kerak, yetti yoshligimda qo‘l jangi seksiyasiga olib borgan. Qandaydir jang san’ati bilan shug‘ullanishimni istagan. Biroq meni ko‘proq futbol qiziqtirgan.

— Toshkentning «Bunyodkor» yoki «Lokomotiv» klublaridan birini tanlashingiz ham mumkin edi. Nima uchun aynan «Paxtakor»ga o‘tgansiz?

— 10 yoshligimda «Paxtakor» vakillari ota-onam bilan gaplashib, o‘z jamoalariga taklif qilishgan. Nafaqat o‘shanda, balki hozir ham shu klub maktabi mamlakatda eng yaxshisi hisoblanadi. «Paxtakor» akademiyasida o‘qish katta imkoniyatlar eshigini ochadi.

— Futbol maktabdagi o‘qishlarga salbiy ta’sir o‘tkazmaganmi?

— Birinchidan, o‘qituvchilar bizga imkon berishgan. Ikkinchidan, murabbiyimiz o‘qishimizni alohida nazorat qilardi. Misol uchun, mashg‘ulotlarga kundalik daftarlarimizni olib kelardik.

Agar biror kishining bahosi past bo‘lsa, uni to‘g‘rilashga jo‘natardi. O‘zbekistonda 12 yillik bepul ta’lim yo‘lga qo‘yilgan. Shundan to‘qqiz yilini maktabda, qolgan uch yilini esa kollej yoki liseyda o‘tkazish imkoniyati mavjud. 7-sinfgacha o‘rta maktabda o‘qiganman.

Shundan so‘ng olimpiya zaxiralari sport internatida tahsil oldim. 9-sinfdan so‘ng o‘qishimni Olimpiya zaxiralari kollejida davom ettirdim.

— «Paxtakor» akademiyasidagi davringizda nimalar ko‘proq esda qolgan?

— «Viktor Bannikov kubogi»ning yubiley 10-turnirida kumush medallarni qo‘lga kiritganimiz yodimda. Bu musobaqa 2007 yili bo‘lib o‘tgandi. Musobaqadagi barcha uchrashuvlarda maydonga tushganman. Finalga qadar yetib borib, hal qiluvchi bahsda Kiyevning «Dinamo»siga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandik.

— Bolalar futbolidan o‘smirlar futboliga qanday o‘tgansiz?

— Akademiyani yakunlaganimdan so‘ng «Paxtakor»ning o‘rinbosarlar jamoasiga jalb qilishdi. 2012 yilni birinchi ligada ishtirok etadigan «Paxtakor-2»da o‘tkazdim.

— «Paxtakor»ning asosiy va o‘rinbosarlar jamoasida birorta ham o‘yin o‘tkazmay, «Andijon» taklifini qabul qilgansiz?

Davomi: www.iff.uz

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 31.03.2017 17:05. O'kildi: 8779 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик