Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/11 01:00 RB Leypsig 2-3 Manchester Siti
05/11 01:00 Slaviya 1-2 Arsenal
05/11 01:00 PSV 1-2 Bryugge
05/11 01:00 Borussiya D 2-1 Betis
05/11 01:00 Portu 4-1 Napoli
05/11 01:00 Lans 1-9 Komo
05/11 01:00 Viking 4-1 Sabah
05/11 18:30 Bunyodkor 1-2 Xorazm
06/11 18:30 So‘g‘diyona - Dinamo
07/11 00:45 Venesiya - Udineze
07/11 01:00 Sevilya - Alaves
07/11 01:00 Everton - Koventri Siti
07/11 16:00 Andijon - Lokomotiv
07/11 16:15 Mash’al - Surxon
07/11 17:30 Lids - Tottenxem
07/11 18:00 Malaga - Rasing
07/11 18:30 Qizilqum - Navbahor
07/11 19:00 Kalyari - Frozinone
07/11 19:00 Torino - Lechche
07/11 20:00 Arsenal - Xall Siti
07/11 20:00 Fulxem - Nyukasl
07/11 20:15 Espanyol - Deportivo
07/11 22:00 Parma - Bolonya
07/11 22:30 Osasuna - Atletik Bilbao
07/11 22:30 Nottingem Forest - Manchester Siti

Blog

«InterFutbol» gazetasi

InterFutbol gazetasi blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Hammasi ostin-ustun…

Baho:
+0; -0

Ming taassufki, Rossiya mundiali yo‘lidagi hal qiluvchi bosqichning ikkinchi davrasi biz uchun omadsiz, yanada aniqrog‘i, g‘oyat «xira» boshlandi. Boz ustiga, jamoamizdan ustun kelgan Suriya termasi 3-o‘rin uchun kurashga qo‘shildi. Narigi guruhda esa avstraliyaliklar yana durang qayd etgan bo‘lsalar, yaponlar taxminlarni oqlashga tushdilar. Endi turning shu kabi voqea va faktlariga batafsilroq to‘xtalamiz.

*** O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatlari saralashida 82-marta maydonga tushib, 23-marta yengildi. 41ta o‘yin jamoamiz foydasiga hal bo‘lgan va yana 18tasi durang natija bilan xotima topgan. 23ta mag‘lubiyat saralash doirasidagi jami o‘yinlarning 28,05 foiziga tengdir.

*** Jamoamiz mundiallar saralashida 9-marta 0:1 hisobida yut­qazdi. Xususan, Bahrayn va Eron termalari 2 martadan bitta gol tufayli vakillarimizni mag‘lub etishgan. Safardagi o‘yinlarda esa 0:1 hisobi 3-marta kuzatildi.

*** Uchrashuvda sariq kartochka olgan Islom To‘xtaxo‘jayev milliy jamoamizning mundial yo‘lidagi jami 29ta o‘yinida maydonga tushgan - 18 g‘alaba, 4ta durang va 7ta mag‘lubiyat. U bu bahslarda hakam tomonidan 7 marta ogohlantirilgan.

*** So‘nggi daqiqalarda penaltini ishonch bilan tepgan Suriya termasi hujumchisi Umar Harbin (1994 yil 15 noyabrda tug‘ilgan)ning joriy sikldagi gollari soni 8taga yetdi. Uning Suriya milliy jamoasidagi umumiy statistikasi: 32ta o‘yin, 14ta gol.

*** Uchinchi bosqichda 12ta gol (S.Arabistoni - 3ta, Avstraliya - 3ta, Qatar -2ta, BAA - 1ta, Yaponiya -1ta, Tailand - 1ta, Suriya - 1ta) penalti orqali urildi. Yagona penalti 3 ochko taqdirini hal qilgan holat esa 3-marta kuzatildi. Bungacha S.Arabistoni - Tailand (2016 yil 1 sentyabr, Navaf al Obid, 84-daqiqa) va Qatar - Suriya (2016 yil 11 oktyabr, Hassan al Haydos, 37-daqiqa) o‘yinlarida mezbonlar 11 metrli jarima zarbasidan urilgan bitta gol evaziga g‘alaba qozonishgandi.

*** Suriya - O‘zbekiston o‘yinini atigi 350 muxlis bevosita stadionda kuzatdi - bu uchinchi raund boshlangandan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkich. Bundan avvalgi antirekord Tehrondagi «PAS» arenasida o‘tkazilgan Iroq - Tailand o‘yi­ni (2016 yil 6 sentyabr)da kuzatilgandi - 2255 muxlis.

*** O‘zbekiston termasi futbolchilari o‘yin davomida jami 366 marta to‘p oshirdilar va ularning 77,8 foizi aniq bo‘ldi. Ammo uzun uzatmalar soni juda kam - atigi 46ta. Vakillarimiz shuningdek, 16 martagina kross amalga oshirdilar.

Bu hali hammasi emas davomi: www.iff.uz

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Kiritilgan sana: 28.03.2017 09:30. O'kildi: 8328 marta.
Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик